Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida naslli urugʻchilik stansiyalari tashkil etildi

    Fan 18 Sentabr 2024 568

    Vazirlar Mahkamasining «Ipakchilik sohasida naslli urugʻchilik stansiyalari faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisida«gi qarori qabul qilindi.

    Fargʻona va Xorazm viloyatlarida Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti tarkibida davlat muassasasi shaklidagi naslli urugʻchilik stansiyalari tashkil etildi.

    Ularning asosiy vazifalari – ipak qurtining yuqori sifatli elita urugʻlarini tayyorlab, urugʻchilik korxonalarini ular bilan taʼminlash hamda ushbu yoʻnalish boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish.

    Stansiyalarga zarur bino va inshootlarni qurish uchun Fargʻona va Xorazm viloyatlari hokimlari 1 gektardan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarni ajratishadi.

    Bundan tashqari, intensiv tutzorlarni tashkil etish uchun 18 gektar yer maydoni ijara huquqi asosida ajratiladi.