Materialda Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi mintaqaviy hamkorlikning ahamiyati, shuningdek, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik uchun mavjud salohiyatga alohida eʼtibor qaratilgan.
“Hozirgi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlarining asosiy savdo yoʻllari shimoliy yoʻnalishda rivojlangan. Biroq tashqi savdoni diversifikatsiya qilish va iqtisodiy hamkorlikni yana-da rivojlantirishda janubiy yoʻnalish ham istiqbollidir. Bu orqali Janubiy Osiyo mamlakatlari, jumladan, Afgʻoniston, Bangladesh, Butan, Maldiv orollari, Nepal, Pokiston, Hindiston va Shri-Lanka bilan aloqalarni mustahkamlashga erishiladi”, deb taʼkidlaydi nashr.