Nobel qo'mitasining ta'kidlashicha, mukofot mazkur olimlarga “ijtimoiy institutlar qanday shakllanishi va ular farovonlikka qanday ta'sir ko'rsatishini o'rgangani” uchun beriladi.
Matbuot xabarida aytilishicha, olimlarning ishi davlatning siyosiy va iqtisodiy institutlari mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga qanday ta'sir qilishini tushunishga imkon berdi va “mamlakat gullab-yashnashi uchun davlat institutlarining ahamiyatini” ko'rsatdi. “Qonun ustuvorligi yo'q, institutlar aholini ekspluatatsiya qiladigan jamiyat o'sish yoki yaxshi tomonga o'zgarishlarni yuzaga keltirmaydi va laureatlarning tadqiqotlari bu jarayonlarning sabablarini tushunishga yordam beradi”, deb ta'kidlaydi Nobel qo'mitasi.
O'tgan yili Klaudiya Goldin “mehnat bozorida ayollarning mavqeini tushunishga qo'shgan hissasi uchun” mazkur mukofotga sazovor bo'lgandi, deb xabar beradi interfax.ru.