Iroq bilan turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi

    Joriy yil 7-mayda Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shadiyev qarorgohi Ostona shahrida boʻlgan Iroq Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Muvaqqat ishlar vakili Jaber al-Tamimi bilan uchrashdi.

    Tomonlar turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, Oʻzbekiston va Iroq oʻrtasida bu borada katta salohiyat mavjudligi taʼkidlandi.

    Shuningdek, Iroq tomoniga Oʻzbekistonda turistlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar va sohada olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar boʻyicha batafsil maʼlumot berildi.

    Uchrashuvda tomonlar turizm sohasida hamkorlikning normativ-huquqiy asoslarini yaratish, davlatlarda oʻtkaziladigan sohaga tegishli yirik tadbirlarda ishtirok etish, oʻzaro turistlar oqimini oshirish, jumladan, iroqliklar uchun ziyorat turizmni yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.