Inchon shahridagi Koreys-Oʻzbek biznes-markazida mamlakatimizning Janubiy Koreyadagi Elchixonamiz tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari maslahatchisi Kamal Sadыkov va “iRU” kompaniyasi Bosh ijroiya direktori Choi Bong Djun oʻrtasida viyeokonferensaloqa shaklida muzokaralar tashkil etildi.
Kun tartibiga muvofiq tomonlar Qoraqalpogʻistonda qishloq xoʻjaligi sohasida issiqxonalar majmuasi va oʻquv markazini tashkil etish haqidagi hamfikrlik Memorandumini amalga oshirish boʻyicha amaliy masalalar muhokama etildi. Taʼkidlanishicha, zamonaviy issiqxonalar majmuasini qurish eksportbob qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini yaratadi. Shuningdek, issiqxona xoʻjaliklarining koʻpayishi munosabati bilan nafaqat Qoraqalpogʻistonda, balki qoʻshni hududlarda ham ushbu yoʻnalish boʻyicha yuqori malakali kadrlarga ehtiyoj paydo boʻladi.
Muzokaralar davomida ichki bozor talablarini tezda oʻrganish, zarur mablagʻ jalb etish, shuningdek Nukus shahrida Janubiy Koreya kompaniyasining vakolatxonasini ochish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishga kelishib olindi.
Choi Bong Djun “iRU” kompaniyasi loyihani tezroq amalga oshirishga, hamda COVID-19 pandemiyasi yumshashi bilan Qoraqalpogʻistonga kelishiga tayyor ekanligini maʼlum qildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.