Bu kabi holatlarda muammoning yechimini topish uchun fuqarolarning davlat pensiya taʼminotiga oid qonun va qonun osti hujjatlariga asosan ish yuritilsa toʻgʻri boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentyabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda ish stajini tasdiqlash boʻyicha quyidagi tartiblar belgilangan:

  • Ish staji toʻgʻrisida hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda mehnat faoliyati davrlari sudning qarori bilan belgilanadi, shuningdek, Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalari fuqarolarga ish stajini tasdiqlash uchun qonunchilikda nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda sudlarga daʼvolar tayyorlashda koʻmaklashishadi.
  • Avariyalar va mahalliy koʻlamdagi boshqa favqulodda vaziyatlar (yongʻin, suv bosishi), tashkilotning toʻliq tugatilishi yoki boshqa sabablar boʻyicha arxiv maʼlumotlarining mavjud emasligi munosabati bilan mavjud ish staji toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish imkoni boʻlmaganda ish staji sud tartibida belgilanadi.
  • Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan chiqarilgan ish stajini qabul qilish yoki qabul qilmaslik toʻgʻrisidagi qaror bilan rozi boʻlinmagan taqdirda ham ushbu masala sud tomonidan hal etiladi.

Pensiya jamgʻarmasi matbuot xizmati