Ishchi guruh Buxorodagi Yetti pir ziyoratgohlarida bo'lib, majmuaning bugungi holatini tanqidiy ko’rib chiqdi va kelgusida rejalashtirilgan ishlarni muhokama qildi. 

Shuningdek, o'rganish ishlari hududda mavjud madaniy meros tahlili bilan davom etishi ko’zda tutilgan. Bundan asosiy maqsad ziyorat turizmi uchun mos bo'lgan obyektlar to'g'risida ma'lumotlarni (islom, xristianlik, buddizm va boshqa dinlarga mansubligini) to’plash, bugungi holati qoniqarsiz deb topilganlar ro'yxatini shakllantirish hamda ularni rekonstruksiya qilishdan iborat.