Inventarizatsiya davomida ishchi guruh a’zolari tomonidan ish yuritmayotgan, faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan yoki to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan korxonalar, mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalar va joriy yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan loyihalar, jami 621 ta sanoat ob’ektlaridan tashkil topgan ro‘yxat shakllantirildi.
Ushbu korxonalarda mavjud muammolarni o‘rganish va yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida aniq ijrochilar va muddatlari belgilangan holda viloyat tuman va shahar hokimlari hamda sanoat birlashmalari rahbarlari korxonalarga manzilli tartibda biriktirildi.
Ishlab chiqilgan takliflar asosida ushbu sanoat ob’ektlarini joriy yil oxiriga qadar qayta ishga tushirish bo‘yicha tarmoq jadvallari ishlab chiqildi. Jadvallarda ishlab chiqarish, eksport va har bir loyiha uchun yaratiladigan ish o‘rinlari sonining prognoz ko‘rsatkichlari aks ettirildi.
Shuningdek, vazirliklar, idoralar, sanoat birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari bilan yaqin hamkorlikda hududiy investitsiya dasturi qayta ko‘rib chiqildi. Yuqori ishlab chiqarish va eksport salohiyati bilan tavsiflanadigan, shuningdek, ko‘p sonli ish o‘rinlari yaratilishi bilan ajralib turadigan yuqori qo‘shimcha qiymatga ega xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori texnologiyali sanoat korxonalarini tashkil etishga qaratilgan loyihalar sonini oshirish maqsadida optimallashtirildi.
Ayni paytda eng katta hajmda import qilinadigan mahsulotlarni mahalliylashtirishga qaratilgan tegishli ishlab chiqarishlarni tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish maqsadida tarmoqlar, tuman va shaharlar hamda alohida korxonalar kesimida import tarkibi chuqur tahlil qilindi. Bu korxonalar o‘rtasidagi mavjud kooperatsiya munosabatlarni mustahkamlashga va faqat mahalliy sanoat korxonalari asosida qo‘shimcha qiymatning to‘liq tovar - ishlab chiqarish zanjirlarini yaratishga yordam beradi. Istiqbolli loyihalar ishlab chiqilganidan va ularning iqtisodiy samaradorligiga baho berilganidan so‘ng mahalliylashtirish dasturlariga kiritiladi.
Amaldagi mahalliylashtirish dasturiga muvofiq Farg‘ona viloyatida 86 yangi turdagi import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi. Ishchi guruh faoliyatining natijasida mashinasozlik, kimyo, farmatsevtika va elektrotexnika kabi sohalarda 42 ta yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqishni ko‘zda tutgan qo‘shimcha investitsiya loyihalari ishlab chiqildi.
Farg‘ona viloyatining har bir tuman va shahrining iqtisodiy salohiyati va mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini chuqur o‘rganish asosida sohalararo kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash maqsadida viloyatning ustuvor sohalarida ilmiy-ishlab chiqarish klasterlarini yaratish bo‘yicha takliflar ham ishlab chiqildi.
Bu yo‘nalishda ipakchilik, oziq-ovqat, charm-poyabzal va to‘qimachilik sanoati, elektrotexnika va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalarida 26 ta klaster tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi byudjetga yiliga 142,1 milliard so‘m miqdorida qo‘shimcha daromadlar keltirish, 67,8 million dollar miqdorida qo‘shimcha eksportga yetkazib berish hajmlariga erishish hamda kasanachilik asosida qo‘shimcha 4,7 ming yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi. 1772 ta standart va texnik reglamentlarni xalqaro talablarga mos keltirish, shuningdek, tashkil etilayotgan klasterlar xodimlarini o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish choralari ko‘riladi.
Mazkur klasterlar ishlab chiqarish inshootlari, ilmiy muassasalari, tadqiqot laboratoriyalari, sifat nazorati va sertifikatlash bo‘yicha komplekslar, mahsulotlarni saqlash va tashish quvvatlari, kadrlarni tayyorlash va malaka oshirish markazlarini birlashtiradi.
«O‘zstandart» agentligi tomonidan har bir klaster uchun texnik reglament va standartlarni ishlab chiqish maqsadida tarmoq idoralari va birlashmalari bilan birgalikda yaqin hamkorlikda ish boshlab yuborildi.
Viloyatda erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu maqsadlarda loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish shuningdek, yangi istiqbolli loyihalar portfelini shakllantirish bo‘yicha tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Loyihalarni amalga oshirish uchun mavjud infratuzilmani mustahkamlash va qo‘shimcha moliyalashtirishni jalb etish bo‘yicha birinchi darajali vazifalar belgilandi.
Investitsiya va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga berilgan vazifalar ijrosining haftalik monitoringini olib borish yuklatildi.
Bosh vazir o‘rinbosari rahbarligidagi ishchi guruh Farg‘ona viloyatida investitsiya va sanoat faoliyatini kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rgandi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzoqov rahbarligidagi vazirlik, idora, sanoat birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlaridan iborat ishchi guruhi 15-18 avgust kunlari joylarga chiqqan holda sanoat korxonalarini inventarizatsiya qilish va Farg‘ona viloyatining sanoat salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirdi.
Akmal Shukurovni ozodlikka chiqargan sudyalarning vakolati tugatildi
- Sportchilar Prezident sovgʻasi – BYD avtomashinasi hamda 15 ming AQSH dollari bilan mukofotlandi
- Rossiyadan olib kelinayotgan narkotik modda toʻxtatib qolindi
- Yil boshidan buyon 247 ta zapravka va korxonalarda sifatsiz yonilgʻi aniqlandi
- Starlink sun'iy yo'ldoshining orbitadan qulab tushayotgan holati suratga olindi
- Andijon shahridagi avtobuslarda ham naqd pul bilan toʻlov qilish bekor qilinadi
Paragvay Prezidenti rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻladi
- Toshkent irrigatsiya universitetining “Suv diplomatiyasi” magistratura yoʻnalishiga xalqaro maqom beriladi
- O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi
- Oʻzbekiston Prezidenti barqaror rivojlanishni taʼminlash uchun tinchlik va ishonchni mustahkamlash muhimligini taʼkidladi
- Podmoskovyedagi maktabda o'smirning odamlarga pichoq bilan hujum qilishi oqibatida bir bola hayotdan ko'z yumdi
- 2027-yilgi futbol bo‘yicha U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida