Ishlab chiqarish sexini elektr tarmogʻiga ulab berishni vaʼda qilgan ETK muhandislari ushlandi

    Andijon viloyati ETK muhandisi J.Yu. Asaka tumani ETK muhandisi F.Ya.dan 85 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Asaka tumani ETK muhandisi F.Ya. fuqaro F.T.ning yangi tashkil etgan yogʻoch mahsulotlariga qayta ishlov berish sexini 105 mln soʻm evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida elektr tarmogʻiga ulab berishini vaʼda qilib, ushbu pullar hisobidan 85 mln soʻmni olgan vaqtida ushlangan.

    Shuningdek, uning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda Andijon viloyati ETK muhandisi J.Yu. Asaka tumani ETK muhandisi F.Ya.dan 85 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.