Tumanda chigit ekish ishlarini qisqa va optimal muddatlarda ekish maqsadida Samarqand viloyat hokimining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari F.Abilov hamda Samarqand viloyati Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi Z.Ergashev Ishtixon tumaniga tashrif buyurdi. “Maroqand Sifat Tekstil” MCHJ texnika saroyida boʻlgan uchrashuvda tashkilot hamda fermer xoʻjaliklari rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Uchrashuvda 2021-yil hosili uchun chigit ekish ishlariga tayyorgarlik koʻrish, shu jumladan, yer tayyorlash va qishloq xoʻjaligi texnikalari, barcha chigit tarqatish shaxobchalarining mavsumga tayyorgarligi boʻyicha koʻrgazmali seminar ham tashkil etildi.
Bugungi kunda ushbu chigit ekish ishlarini qisqa va optimal muddatlarda ekish maqsadida 9 ta Chigit tarqatish shoxobchalari hamda 16 ta chigit ekish otryadlari tashkil etilgan boʻlib, ushbu otryad va shaxobchalarga zarur boʻladigan barcha inventarlar hamda chigit ekishda qatnashadigan qishloq xoʻjaligi texnikalari mavsumga shay xolatga keltirildi.