2020-2021 oʻquv yilida Samarqand viloyati maktablarini 50 407 nafar, Ishtixon tumanida esa 3 771 nafar oʻquvchi 11-sinfni bitirib, oʻz maqsadlari sari aniq yoʻnalishlarni belgilab olishdi.

Ushbu yoshlarning 27 nafari oltin, 5 nafari kumush medalga munosib deb topildi.

Bugungi kunda, tumandan 4 nafar oʻquvchi muddatidan oldin OTMlarga oʻqishga qabul qilindi, deya xabar beradi Ishtixon tuman Xalq taʼlimi boʻlimi.

Bugun tuman hokimi Sh.Negmatov, tuman IIB boshligʻi S.Sharipov hamda xalq taʼlimi xodimlari bilan birgalikda tantanali tarzda iqtidorli oʻquvchilarga oltin va kumush medallarni topshirdi.