Qutlovlarda O‘zbekiston yetakchisi va ko‘p millatli xalqiga hurmat-ehtirom, tinchlik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan, mamlakatimiz bilan do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlikni bundan buyon ham rivojlantirish va mustahkamlashga intilish tasdiqlangan.
Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an;
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Qatar Davlati Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy;
Kuvayt Davlati Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Al Said;
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;
Suriya Arab Respublikasi Prezidenti Bashar Asad;
Kuvayt Davlati valiahdi Mishaal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;
Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;
Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;
Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (ISESCO) bosh direktori Salim al-Malik;
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, MDH Dinlararo kengashi hamraisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.
Qutlovlar kelishda davom etmoqda.