Tosh Styodvarfordyurdagi Sted arxeologik yodgorligidan topilgan. Avval u yerdan noodatiy uzun (31,4 metr) uy qoldiqlari topilgan edi. Olimlar qazishmalar davomida 92 ta munchoq va 29 ta kumush buyumlar, jumladan, Rim va Yaqin Sharq tangalarini topishdi.

Keyinchalik uy ostida undan ham qadimiy bino borligi ma'lum bo'ldi. Olimlar uni milodiy 800 yilga oid deb hisoblashdi. U orolda odamlar doimiy yashay boshlaganidan kamida 75 yil oldin qurilgan.

Qadimgi bino devoridan naqshli tosh topildi. Kemalarning bunday tasviri  Skandinaviya mamlakatlariga xos. Biroq bunday topilma Islandiya uchun birinchisi hisoblanadi, deb xabar beradi mir24.tv.