Bu haqda Toshkent shahar sudi tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotda keltirilgan.

Daʼvogar Islom Karimovning Natalya Kuchma bilan birinchi turmushidan oʻgʻli Pyotr Karimov ekani aytilmoqda.

Pyotr Karimov Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning Natalya Kuchma bilan nikohidan 1969-yili tugʻilgan toʻngʻich farzandi. Shu yili Karimov va Kuchma ajrashgan. Natalya Kuchma 2008-yilda Toshkentda vafot etgan.

Maʼlumot uchun, 54 yoshli Pyotr Karimov 1990-yillardan buyon Moskvada istiqomat qilib keladi. Oʻz vaqtida u “Asia-Invest Bank” boshqaruvi raisi oʻrinbosari boʻlib ishlagan.