Majlislar davomida Investitsiyalar va eksport kreditlarini sugʻurtalash Islom korporatsiyasi (ICIEC) Boshqaruvchilar Kengashining 28-Yillik yigʻilishi, Rivojlanish maqsadlarida birdamlik Islom jamgʻarmasi (ISFD)ning 14-Yillik yigʻilishi, Xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha Islom korporatsiyasi (ICD)ning 21-Bosh Assambleyasi va Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasining 16-Bosh Assambleyasi (ITFC)ning 14-Yillik yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tadbirlar davomida ITB Boshqaruvchilar Kengashi va uning shoʻba korxonalari hamda ularning Bosh Assambleyalari kun tartibidagi barcha bandlar va ITB Tartib-taomillar boʻyicha Qoʻmitasining tavsiyalarini koʻrib chiqdilar va qabul qildilar.

Misr Arab Respublikasidan ITB Boshqaruvchisining soʻroviga muvofiq, Guruhning Boshqaruv Kengashlari va Bosh Assambleyalari bir ovozdan ITB Boshqaruvchilar Kengashining 47-Yillik anjumanini Qohira shahrida oʻtkazish taklifini maʼqulladilar.

Xulosa qilib aytganda, ITB Boshqaruvchilar Kengashi, uning shoʻba korxonalari Bosh Assambleyalari va Bank Rahbariyati mezbonlik qiluvchi tomonga mehmondoʻstligi va tadbirning aʼlo darajada tashkil etilgani uchun oʻz minnatdorchiliklarini bildirdi. Jumladan, yigʻilishda 4 000 dan ortiq kishi ishtirok etgani va bu koviddan keyingi davrda oflayn tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha jahon amaliyotida rekord boʻlgan qayd etildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.