Ispaniya aviakompaniyasi Oʻzbekistonga yoʻlovchi reyslarini yoʻlga qoʻymoqda

    Ispaniyaning “World2Fly” aviakompaniyasi Madridni Toshkent va Urganch bilan charter reyslar orqali bogʻlaydi.

    Madrid-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha birinchi yoʻlovchi reysi 2024-yil 23-mayga belgilangan.

    Toshkent – Madrid – Toshkent va Urganch - Madrid - Urganch yoʻnalishi boʻyicha parvozlar har ikki haftada bir marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Parvozlar Airbus A330-300 rusumidagi samolyotlarda amalga oshiriladi.

    Eslatib oʻtamiz, charter reyslar iyun oyi oxirigacha davom etadi va 2024-yilning sentyabridan oktyabriga qadar qayta tiklanadi.

    “World2Fly” — 2020-yilda tashkil etilgan va shtab-kvartirasi Palma-de-Malyorkada (Ispaniya) joylashgan ispan aviakompaniyasi.