Ispaniya Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Londondagi kim oshdi savdosida rassom Joan Mironing yoʻqolgan “Gaudi” seriyasidagi rasmini topdi, deb yozadi RIA Novosti.
Maʼlum qilinishicha, polotno London kim oshdi savdosida namoyish etilgan, uning taxminiy qiymati 10 ming yevroga baholanmoqda.
Buyuk Britaniya huquqni muhofaza qilish organlari asarni kim oshdi savdosidan olib tashlashni talab qilishdi, shundan soʻng rasm ispaniyalik egasiga qaytarildi.
Eslatib oʻtamiz, kartina iyun oyida Ispaniyalik kolleksioner uni London fuqarosiga sotganda yoʻqolgan. Uning soʻzlariga koʻra, joʻnatish paytida u notoʻgʻri manzilga yetkazilgan, ammo tasodifiy qabul qiluvchi Buyuk Britaniya politsiyasini uni Ispaniyaga qaytarib berganiga ishontirgan.
Oldinroq Pyachensa shahridagi zamonaviy sanʼat galereyasi — Richchii Oddi devoridan avstriyalik rassom Gustav Klimtning “Ayol portreti” rasmi oʻgʻirlangani haqida xabar berilgan edi.
Galereya rahbariyati 1997-yilda Klimtning surati yoʻqolganligini eʼlon qildi. “Ayolning portreti” eʼtiborga molik jahon sanʼat asarlaridan biridir.