Jabrlanuvchining so'zlariga ko'ra, yirtqich uning oyog'ini shu qadar tez tishlaganki, u bunga hatto reaksiya bildirishga ham ulgurmagan. Bundan tashqari, erkak nima bo'lganini darhol tushunmagan. Oyog'idan qon oqayotganini payqagach, boshqa cho'milayotganlarni qo'rqitmaslikka qaror qilib, avval suvga sho'ng'igan. Keyin u suvdan chiqib, mustaqil ravishda tez tibbiy yordam punktiga yetib borgan.
Shifokorlar yarani davolashdi. Keyinchalik mutaxassislar erkakka moviy akula hujum qilganini aniqladi. Shundan so'ng plyaj odamlar uchun vaqtinchalik yopildi.
Jabrlanuvchining aytishicha, sodir bo'lgan voqea uni qo'rqitmagan.
Moviy akula bu baliqlarning eng keng tarqalgan turlaridan biridir. Uning o'rtacha uzunligi – 3,5-4 metr. O'rtacha vazni – 150-200 kilogramm. Moviy akulalarning odamlarga o'nlab sababsiz hujumlari qayd etilgan, ularning ba'zilari o'limga olib kelgan, deb xabar beradi tengrinews.kz.