Seshanba, 20-yanvar kuni Ispaniyaning Barselona shahri yaqinida yo'lovchi poezdi rel`sdan chiqib ketdi. Bu so'nggi kunlarda Ispaniya temir yo'llarida sodir bo'lgan ikkinchi baxtsiz hodisa, deb xabar berdi El País.

Mashinist halok bo'ldi, yana 37 kishi jarohat oldi, ulardan besh nafari og'ir ahvolda.

So'nggi kunlarda hudud kuchli yomg'ir va suv toshqini oqibatida zarar ko'rdi. Kataloniya hududiy yong'in xizmati inspektori Klaudi Galyardo jurnalistlarga Barselona yaqinida kuchli yog'ingarchilik tufayli tayanch devor yo'l ustiga qulab tushganidan keyin poyezd relsdan chiqib ketganini aytdi.

Tez yordam xizmatlari 37 nafar jarohatlangan yo'lovchiga yordam ko'rsatdi. Besh nafari og'ir ahvolda, olti nafari unchalik og'ir ahvolda emas va 26 nafari yengil jarohatlar oldi. Yong'in xizmati ma'lumotlariga ko'ra, baxtsiz hodisa paytida jarohatlanganlarning aksariyati hodisadan eng ko'p zarar ko'rgan birinchi vagonda bo'lgan.

Kataloniyada poezd qatnovi to'xtatildi va “infratuzilmani tekshirish ishlari tugagunga qadar” qayta tiklanmaydi.

Voqea joyiga 36 ta tez tibbiy yordam mashinasi va 72 ta qutqaruvchi yuborildi. Yo'lovchilarga psixologik yordam ko'rsatilmoqda, deb xabar berdi korrespondent.net.