Shahar ma'muriyati vakillarining ta'kidlashicha, mazkur qadimiy topilma zaytunni yanchish va undan moy olish uchun maxsus mo'ljallangan qadimgi Rim tegirmon toshidir.
Trapetum deb nomlanuvchi tegirmon toshining bu turi Gretsiyada paydo bo'lgan va vaqt o'tishi bilan qadimgi Rim imperiyasining keng hududlariga tarqalgan. Tegirmon toshining balandligi taxminan 0,9 metr, diametri esa 1,2 metr, og'irligi esa 3 tonnaga yaqin.
Arxeolog Xose Antonio Morena tegirmon toshining yoshini taxminan 2000 yil deb hisobladi. Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, mazkur topilma Baena zaytun bog'lari Qadimgi Rim davrida mavjud bo'lganini, hosil, hatto eksport qilinganini tasdiqlaydi.
Shahar ma'muriyati tegirmon toshini qayta tiklash, tahlil qilish va Baena shahar tarix muzeyiga topshirish rejalari haqida ma'lum qildi, deb xabar beradi korrespondent.net.