Tenerife orolining bir qator qishloqlari aholisini evakuatsiya qilish boshlangani ma'lum qilindi. Xavfsiz joylarda vaqtinchalik yashash joylari tashkil etilmoqda.
Yong'in qo'riqxona hududida yuzaga kelgan va namlikning pastligi va kuchli shamol tufayli orol bo'ylab tezda tarqaldi. Plyajlari va kurortlari bilan mashhur Tenerifeda xavf darajasi ortgani e'lon qilindi.
Arafo va Kandelariyada 1,6 ming gektardan ortiq maydon yong'indan zarar ko'rdi. Yong'in qo'shni Santa-Ursula va La-Viktoriyaga ham tarqaldi. 270 ga yaqin o't o'chiruvchi yong'inni bartaraf etmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.