Portlashlar Livanning yagona tijorat aeroporti yaqinida ham sodir bo'ldi. Bu haqda 20-oktabr, yakshanba kuni Times of Israil nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, bu moliya institutlari “Hizbulloh” va HAMASni qo'llab-quvvatlovchi Erondan mablag' olganlikda ayblangan.

Livanning rasmiy milliy axborot agentligi Bayrutning janubiy chekkasida o'n bir marta zarba berilgani haqida xabar berdi, ularning aksariyati Qard al-Hasan moliyaviy assotsiatsiyasini nishonga oldi.

Bayrut aeroporti hududiga bitta zarba berildi, deb xabar bermoqda NNA. Hududdagi tutunga qaramay, samolyotlar parvozni davom ettirdi, deb xabar berdi AFP muxbiri voqea joyidan. Aeroport odatdagidek ishlamoqda.

Livan sharqidagi Bekaa vodiysi hududida, Isroil bilan chegaradan taxminan 100 kilometr uzoqlikdagi Hermel, Riyoq va Baalbekdagi Qard al-Hasan shoxobchalariga ham hujumlar uyushtirilgan, deb xabar beradi korrespondent.net.

Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati rahbari Daniel Xagari 20-oktabr kuni kechqurun “Hizbulloh”ning moliyaviy inshootlari yaqinida yashovchi livanliklarni zudlik bilan evakuatsiya qilishga chaqirgan edi. Uning so'zlariga ko'ra, SAXAL Livanning turli hududlaridagi banklar va jangarilarning moliyaviy omborlariga zarba berish niyatida.

Qard al-Hasan assotsiatsiyasi 1983-yilda tashkil etilgan va notijorat moliyaviy institut hisoblanadi. Isroilning aytishicha, “Hizbulloh” tashkilotdan sanksiyalarni chetlab o'tgan holda, o'z jangchilariga pul to'lash va tinch aholini qo'llab-quvvatlash uchun foydalanmoqda.

AQSH Qard al-Hassanga qarshi 2021-yilda sanksiyalar kiritdi. Tashkilotning Livanda, jumladan Bayrut va Bekada 31 ta filiali bor, deydi rasmiylar.