Ana shunday vaziyatda ushbu xavfli infeksiyaga qarshi kurashish borasida katta tajriba toʻplagan Isroil davlati mamlakatimizga COVID-19 dan himoyalanish vositalari va tibbiy jihozlardan iborat insonparvarlik yordamini topshirdi, deya xabar berdi Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.
Shu munosabat bilan oʻtkazilgan uchrashuvda vazirlik mutasaddilari Isroilning yurtimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Ziyavit Ben Xilel boshchiligidagi delegatsiyaga alohida minnatdorlik bildirib, tibbiyot sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Muloqotda tibbiy taʼlim, onkologiya, oftalmologiya, urologiya, virusologiya, farmatsevtika kabi qator yoʻnalishlarda oʻzaro tajriba almashish, ilmiy tadqiqot, tibbiy koʻrik va mahorat darslari oʻtkazish ishlarini jonlantirish zarurligini qayd etildi.
Isroil davlatining tibbiyot vositalari va jihozlaridan iborat insonparvarlik yordami hududiy tibbiyot muassasalariga yetkazib berildi.