Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Bugun erta tongda tank G'azo sektoridagi nishonga snaryad otdi, biroq nosozlik tufayli snaryad o'z yo'nalishidan chetga chiqib, chegara to'sig'i yaqinida Isroil hududiga qulagan”, deyiladi xabarda.
Harbiylarning ma'lum qilishicha, Hof-Ashkelon mintaqaviy kengashi hududida turgan avtomobilga zarar yetgan, unga snaryad parchalari kelib urilgan.
Jabrlanganlar yo'q, voqea sabablari o'rganilmoqda, deb xabar beradi report.az.