13 banddan iborat qarorga ko'ra, Isroil 60 kun ichida qo'shni mamlakat janubidan o'z qo'shinlarini olib chiqib ketadi, “Hizbulloh” kuchlari Litani daryosidan shimolga chekinishi kerak, janubiy chegara hududida esa Livan xavfsizlik kuchlari va muntazam armiya joylashib oladi. Mamlakat janubida yashovchi livanliklar, sulh e'lon qilinganidan so'ng, ko'pchiligi xarobaga aylangan uylariga qaytishni boshladi. The New York Times gazetasining Planet Labs tomonidan sun'iy yo'ldoshdan olingan suratlar tahliliga asoslangan hisob-kitoblariga ko'ra, noyabr oyi boshida Isroil mudofaa kuchlari Livanda, asosan, mamlakat janubida va Bayrut atrofida mingdan ortiq binolarni vayron qilgan. Mays al-Jabal va Mhabib kabi ba'zi qishloqlar deyarli vayron qilingan. Isroil rasmiylari ularning maqsadi “Hizbulloh”ning bu qishloqlarda joylashtirilgan qurol-yarog' omborlari, platsdarm va tunnellarini o'z ichiga olgan harbiy infratuzilma ekanini aytdi. Shuningdek, “Hizbulloh”ning Isroilni o'qqa tutishi oqibatida ham katta vayronagarchiliklar kuzatilmoqda, biroq hozircha mahalliy aholining aksariyati sulh buzilishi va jangovar harakatlarning qayta boshlanishidan qo'rqib qaytishni istamayapti, deb xabar beradi meduza.io.
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda
26-noyabr kuni kechqurun Isroil va Livan o'rtasida o't ochishni to'xtatish bo'yicha kelishuv tuzilgandi.
Yaylovlarni tiklash va ulardan foydalanishning yangi tartibi koʻrib chiqildi
- UrDU, Xitoyning Xuzhou texnologiyalar universiteti va XSMG kompaniyasi qoʻshma taʼlim dasturini yoʻlga qoʻydi
- Oʻzbekistonlik shifokor Toshkent–Seul reysida ayolning hayotini saqlab qoldi
- Navoiy shahriga yangi hokim tayinlandi
- Davlatimiz rahbari OHIChK sammitida ishtirok etadi
- Issiqxona xo‘jaligiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi
Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi
- Namanganda 5 yoshli qiz bilan bog‘liq jinoyat ishi Bosh prokuror nazoratiga olindi
- 2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlik keskin kuchaytiriladi
- O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida