13 banddan iborat qarorga ko'ra, Isroil 60 kun ichida qo'shni mamlakat janubidan o'z qo'shinlarini olib chiqib ketadi, “Hizbulloh” kuchlari Litani daryosidan shimolga chekinishi kerak, janubiy chegara hududida esa Livan xavfsizlik kuchlari va muntazam armiya joylashib oladi. Mamlakat janubida yashovchi livanliklar, sulh e'lon qilinganidan so'ng, ko'pchiligi xarobaga aylangan uylariga qaytishni boshladi. The New York Times gazetasining Planet Labs tomonidan sun'iy yo'ldoshdan olingan suratlar tahliliga asoslangan hisob-kitoblariga ko'ra, noyabr oyi boshida Isroil mudofaa kuchlari Livanda, asosan, mamlakat janubida va Bayrut atrofida mingdan ortiq binolarni vayron qilgan. Mays al-Jabal va Mhabib kabi ba'zi qishloqlar deyarli vayron qilingan. Isroil rasmiylari ularning maqsadi “Hizbulloh”ning bu qishloqlarda joylashtirilgan qurol-yarog' omborlari, platsdarm va tunnellarini o'z ichiga olgan harbiy infratuzilma ekanini aytdi. Shuningdek, “Hizbulloh”ning Isroilni o'qqa tutishi oqibatida ham katta vayronagarchiliklar kuzatilmoqda, biroq hozircha mahalliy aholining aksariyati sulh buzilishi va jangovar harakatlarning qayta boshlanishidan qo'rqib qaytishni istamayapti, deb xabar beradi meduza.io.
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda
26-noyabr kuni kechqurun Isroil va Livan o'rtasida o't ochishni to'xtatish bo'yicha kelishuv tuzilgandi.
Olimlar oshqozon osti bezi saratonini davolashning yangi usulini topishdi
- Qarshi shahrida 1,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan mehmonxona aniqlandi
- O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida yangi muntazam aviaqatnov yo‘lga qoyilmoqda
- O‘zbekiston TIV Yaqin Sharqda keskinlikning kuchayishi yuzasidan chuqur xavotir bildirdi
- 400 nafar fuqarodan 17 milliard so‘m o‘zlashtirgan jinoiy guruh fosh etildi
- 29–31-oktabr kunlari Toshkentda Ispaniya va O‘zbekiston kompaniyalari ishtirokida agrotexnologiyalar bo‘yicha forum bo‘lib o‘tadi
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- Pedagoglar malaka toifasini olish uchun necha ball toʻplashi kerak?
- O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining muloqoti Buxoroda davom etadi
- “Chorvoq”da cho‘kib ketgan ota va ikki o‘g‘il hodisasi tafsilotlari ma’lum qilindi
- Bakalavriatni imtiyozli diplom bilan bitirganlarga malaka toifasi beriladi
- Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar yangicha tashkil etiladi