25-dekabrga qadar davom etadigan ko'rgazmalar “Um el-Fahem Art Gallery” san'at galereyasi ko'magida tashkil etildi.
"Dunyo" AA muxbirining qayd etishicha, o'zbek miniatyura san'ati asarlari Isroil jamoatchiligi, ijodiy va ishbilarmon doiralari, shuningdek, mazkur davlatda akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus vakillari orasida katta qiziqishga sabab bo'lmoqda.
Ko'rgazma mehmonlari o'zbek miniatyura san'ati asarlari muallifi bilan muloqot qilish imkoniga ega bo'ldi, shuningdek, Buxoro miniatyura va hattotlik maktabining qadimiy an'analari, zamonaviy O'zbekiston hududida islom madaniyatining rivojlanish bosqichlari bilan yaqindan tanishdi.
O'zbek rassomi ijodi va uning ishlari Quddusdagi Islom san'ati muzeyi direktori Gilad Livian va isroillik mutaxassislarga taqdim etildi.
Ta'kidlash joizki, O'zbekiston va Isroil o'rtasida diplomatiya munosabatlari o'rnatilganining 30 yilligi nishonlanadigan 2022-yilda qator qo'shma madaniy tadbirlar, jumladan, Islom san'ati muzeyida Davlat Toshevning shaxsiy ko'rgazmasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.