“Vaziyatning keskinlashgani munosabati bilan O'zbekistonning Isroildagi elchixonasi Konsullik bo'limi O'zbekiston fuqarolariga Isroildagi barcha zarur ehtiyot choralarini ko'rishni, xavfsiz joylarda bo'lishni va rasmiy organlar xabardor qilinmaguncha u erni tark etmaslikni qat'iy tavsiya qiladi”, — deyiladi murojaatda.

Favqulodda vaziyatlarda quyidagi raqamlarga murojaat qilish mumkin: +972544851397, 03-672-2466.

Ma'lumot uchun, kecha, 7 oktyabr` kuni kechqurun Hamas tashkiloti Isroilga yangi raketa hujumlarini uyushtitrdi. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Hamas hujumi oqibatida kamida 250 nafar isrollik o'ldirilgan, yaradorlar soni 1400 nafarni tashkil etmoqda.

“Al Jazeera” nashriga ko'ra, Isroil armiyasining javob zarbalari natijasida G'azoda 232 nafar falastinlik o'ldirilgan, jabrlanganlar soni 1700 dan oshgan.