Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yaqinida otishma yuz berdi

    24-noyabr, yakshanba kuni Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yaqinida sodir bo'lgan otishmada uch nafar xavfsizlik xizmati xodimi yaralandi.

    Bu haqda Reuters xabar berdi. Ularga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

    Iordaniyaning Petra axborot agentligiga ko'ra, hujum uyushtirgan shaxs Ammanning Rabia tumanida politsiya patruliga qarata o'q uzgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari ham o'q uzgan va jinoyatchi o'ldirilgan. Politsiya Ammandagi otishma sodir bo'lgan Rabia hududini o'rab oldi va mahalliy aholini uylarini tark etmaslikka chaqirdi.

    G'azo sektorida urush boshlanganidan beri Isroilning dunyo bo'ylab diplomatik vakolatxonalari bir necha bor hujumga uchradi. Oktabr oyida Daniya va Shvetsiyada Isroil elchixonalari yaqinida portlash va otishmalar sodir bo'ldi. Sentabr oyida Myunxendagi Isroil bosh konsulligi yaqinida otishma sodir bo'lgan edi. Iyun oyida bir kishi Isroilning Belgraddagi elchixonasini qo'riqlagan serb politsiyachisiga qarata kamondan o'q uzgan, deb xabar beradi dw.com.