Bu haqda “РИА Новости”ga Livan qutqaruv xizmatidagi manba ma'lum qildi.
“Dushman samolyotlari va dronlari Bekaa vodiysidagi 18 ta aholi punktini bombardimon qildi, 61 kishi halok bo'ldi, 100 ga yaqin kishi yaralandi”, dedi agentlik manbasi.
Manbaning aytishicha, havo hujumlari davom etayotgani sababli bir qator aholi punktlarida qidiruv-qutqaruv ishlari qiyinlashgan. Ba'zi aholi punktlarida vayronalarni tozalash davom etmoqda, u yerda ham tirik qolganlar bo'lishi mumkin.
Livan Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi 24 soat ichida 38 kishi halok bo'ldi, 124 kishi jarohatlandi. Dushanba kuni ertalab Livan janubidagi eng yirik shahar Tirning mahallalari yirik hujumlarga uchradi.
1-oktabrdan beri Isroil Livan janubida “Hizbulloh” kuchlariga qarshi quruqlikdagi operatsiyani o'tkazmoqda va qo'shni davlatni havodan bombardimon qilishda davom etmoqda, bu yerda allaqachon 2,5 mingdan ortiq odam, jumladan, shia harakati yetakchilari halok bo'ldi, bir milliondan ortiq odam qochqinlarga aylanishdi. Yo'qotishlarga qaramay, “Hizbulloh” quruqlikdagi janglarni olib bormoqda va Isroil hududiga raketa hujumlarini to'xtatmayapti, deb xabar beradi ria.ru.