Isroilning Livanni o'qqa tutishi oqibatida 70 nafar tibbiyot xodimi halok bo'ldi

    Isroilning Livandagi bombardimonlari oqibatida o'nlab tibbiyot xodimlari halok bo'ldi.

    Bu haqda JSSTning Sharqiy O'rta yer dengizi favqulodda vaziyatlar bo'yicha direktori Rik Brennar Qatardagi matbuot anjumanida ma'lum qildi.

    “Livandagi vaziyatni favqulodda holat deb ta'riflash mumkin, oltita shifoxona ishini to'liq, beshtasi qisman to'xtatdi. Isroil harbiylari tibbiyot muassasalariga 23 marta hujum uyushtirdi – 70 tibbiyot xodimi halok bo'ldi”, dedi u.

    Isroil va “Hizbulloh” o'rtasidagi mojaro 2023-yil oktabr oyida Livan harakati HAMASni qo'llab-quvvatlash uchun yahudiy davlatini o'qqa tuta boshlaganida keskinlashdi. Mamlakat shimoliy viloyatlarning o'n minglab aholisini evakuatsiya qilishga majbur bo'lishdi.

    23-sentabrdan beri SAXAL “Hizbulloh” nishonlarini ommaviy bombardimon qilmoqda, bunda harakat yetakchilari, jumladan, Bosh kotib Hasan Nasrullo va uning ehtimoliy vorislari halok bo'ldi. 1-oktabr kuni Isroil armiyasi quruqlikdagi operatsiyani boshladi, deb xabar beradi ria.ru.

    Isroilda harbiy kampaniyaning asosiy maqsadi shimoliy hududlar aholisining qaytishi uchun sharoit yaratishdir.