azkur ishlarning amaliy ifodasi sifatida, joriy yilning 19-29-aprel kunlari Oʻzbekistonning Isroildagi Turizm boʻyicha elchisi X.Davidovning yurtimizga tashrifi amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ushbu tashrif doirasi janob elchi targʻibot materiallarini tayyorlash uchun hozirda Toshkent shahrida boʻlib turibdi. Tashrifning birinchi kuni janob Davidov Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti xodimlari hamrohligida shahrimizning turizm salohiyatiga oid bir qancha videorolik hamda videomurojaatlarni tasvirga olish uchun poytaxtimizdagi «Hazrati Imom» majmuasi va “Tashkent city” parkiga tashrif buyurdi.