Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida va choʻl hududlarida 44-47° issiqdan soʻng harorat 32-37° gacha pasayadi. Qolgan hududlarda issiq biroz pasayadi. Havo harorati 35-40°, baʼzi joylarda 42° gacha, Surxondaryo viloyatida 44-46° gacha atrofida boʻladi. Respublika boʻyicha baʼzi joylarda havo massasi oʻzgarishi hisobiga shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, baʼzi joylarda changli boʻron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Togʻ oldi va togʻli hududlarning baʼzi joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 40-42° boʻladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmatlari markazi.