Bu haqda Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, u tumanning “Pastki Suloqli” mahallasida joylashgan, hali qurilishi yakunlanmagan oʻquv markazi binosida hech qanday rasmiy diniy idora vakili boʻlmasdan, tegishli ruxsatnomasiz diniy marosimlar oʻtkazish qoidalarini buzgan holda, moddiy manfaat evaziga fuqarolarni “issiq-sovuq qilish” ishlari bilan shugʻullanib kelayotgani maʼlum boʻldi.
Tekshiruv davomida undan 54 000 soʻm pul, 1 dona pichoq, 1 dona qamchi, 1 dona koʻzgu va 1 dona gʻaltak ip va ignalar asosli ravishda rasmiylashtirib olindi.
Ushbu holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 201-moddasi 2-qismi asosida maʼmuriy bayonnoma tuzilib, Sh.Rashidov tumani maʼmuriy sudiga yuborildi.