Tadbirda “TOSHISSIQQUVVATI” DUK Chilonzor tumani issiqlik tarqatish boʻlimi texnik-noziri D.N. fuqaro M.ning xonadonidagi issiq suv va issiqlik energiyasidan 3,4 mln soʻmlik qarzdorligini soʻndirib, joriy yilning dekabr oyiga qadar qarzdorligi mavjud emasligi haqida maʼlumotnoma rasmiylashtirib berish evaziga 270 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.