Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro E.Q. Qarshi shahar, “Qoratepa MFY hududidan oʻziga issiqxona binosini loyihalashtirib qurish uchun ajratilgan 0,77 gektar yer maydonini fuqaro E.Ch.ga firibgarlik yoʻli bilan sotishga kelishib, 300 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.