Qayd etilishicha, shu yilning 23-iyun kuni Samarqand viloyati IIB TQX JQB "Gihyovandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish" boʻlimi hamda Payariq tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan maxsus-profilaktik tadbir davomida Jomboy tumanida roʻyxatda turib, vaqtincha Payariq tumani Polvonariq mahallasida yashovchi fuqaroning hovlisida joylashgan issiqxonada 221 tup giyohvandlik oʻsimligi yetishtirib kelinayotganligi aniqlandi.

Ushbu issiqxonaning ichki qismi koʻzdan kechirilganda u yerda ogʻirligi 1 kg boʻlgan quritilgan holdagi giyohvandlik moddasi ham saqlab kelinayotganligi maʼlum boʻldi va u tegishli tartibda hujjatlashtirilib olindi.