Vafot etgan fuqaro ota-ona va yaqinlari bilan birga Turkiyaga sayyoh sifatida kelishgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voyaga yetmagan fuqaro tramvaydan tushganidan so‘ng bekat va tramvay relslari oralig‘ida qisilib qolgan hamda transport vositasining harakatlanishi oqibatida og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Hozirda Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.