баннер
Sayt test rejimida ishlamoqda
Лого Лого-пв-уз

    Isteʼdodli yoshlarga sertifikatlar topshirildi

    Keyingi avlod 17 Sentabr 2021 121

    Toshkent shahar hokimligida isteʼdodli yigit-qizlarning 53 nafariga 2021-2022 oʻquv yili uchun toʻlov-shartnoma mablagʻlarining 451 million 370 ming soʻmini qoplab berish maqsadida sertifikatlarni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

    Taʼkidlash joiz, Poytaxtimizda 24 025 nafar yigit-qizlar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan. Joriy yilning oʻtgan davrida yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 27 milliard 897 million soʻm yoʻnaltirildi.

    Xususan, 151 nafar yigit-qizlarning oliy taʼlim muassasalaridagi toʻlov-kontrakti uchun 842 million soʻm, 1 646 nafar yoshga bir martalik moddiy yordam uchun 1 milliard 645 million soʻm, 565 nafar yigit-qizning tadbirkorlik, kasb-hunar va haydovchilikka oʻqishi uchun 403 million soʻm, 714 nafar yoshlarning oʻzini-oʻzi band qilishi, tadbirkorlikni boshlashi uchun 5 milliard 648 million soʻm, 52 nafariga davolanish bilan bogʻliq va psixologik yordam uchun 374 million soʻm mablagʻlar ajratildi. Shuningdek, 439 nafar yoshga isteʼdodlarini qoʻllab-quvvatlash va safarbarlik chaqiruvi uchun 2 milliard 350 million soʻm, 16 milliard 635 million soʻm mablagʻ esa Besh muhim tashabbus tadbirlarini moliyalashtirishga yoʻnaltirildi. Natijada 20 916 nafar yigit-qizlar “Yoshlar daftari”dan chiqarilib, ularning bandligi va ijtimoiy faolligini taʼminlashga erishildi.

    Hozirgi kunda “Yoshlar daftari” jamgʻarmasida 16 milliard soʻmdan ziyod mablagʻlar boʻlib, ular yoshlarning tadbirkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, kasb-hunarga oʻqitish va bandligini taʼminlash uchun yoʻnaltirilishi koʻzda tutilgan, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.