Aytishicha, Chortoq tumani MIB inspektoriga elektr energiyasi uchun bir million soʻm toʻlagan. Biroq toʻlangan mablagʻ abonent raqamiga kirim boʻlmagan. Holat yuzasidan bir necha marotaba murojaat qilsa-da, turli bahonalar bilan masalaga yechim topilmagan. Mazkur murojaat federatsiyaning Chortoq tumani jamiyati tomonidan oʻrganilishi natijasida elektr energiyasi uchun toʻlangan bir million soʻm isteʼmolchi foydasiga undirib berildi.
Yana bir murojaat Toʻraqoʻrgʻon tumanida istiqomat qiluvchi M.Abdurahmonovdan kelgan. Isteʼmolchi tumandagi doʻkonlarning biridan qiymati 1 million 380 ming soʻm boʻlgan “SAMSUNG-32” rusumli televizor xarid qiladi. Biroz oʻtib esa, televizorda nosozliklar kuzatiladi. Shundan soʻng xaridor televizorni sotuvchining oldiga borib, uni tuzatib yoki boshqasiga almashtirib berishlarini soʻraydi. Sotuvchi esa turli bahonalar bilan televizorni almashtirib berishdan bosh tortadi. Masala federatsiyaning Toʻraqoʻrgʻon tumani jamiyati tomonidan oʻrganilib, televizorning sifatli taʼmirlab berilishiga erishildi.