"Iste'molchilar uyi": bayramga oltinsoyliklar uchun ajoyib tuhfa

    O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi “Jamiyat — islohotlar tashabbuskori” g'oyasini amalda ro'yobga chiqarish, fuqarolik jamiyatlari institutlari faolligini oshirish, Harakatlar strategiyasida belgilangan jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish maqsadida tadbirkorlik sub'ektlari bilan ijtimoiy sheriklik loyihalarini amalga oshirmoqda.

    “Iste'molchi kutubxonasi” va “Iste'molchilar uyi” loyihalari asosida bugungi kunda 30 dan ortiq tuman va shaharlarda “Iste'molchi kutubxonasi” va “Iste'molchilar uyi” ma'muriy komplekslari qurilib foydalanishga topshirilgani shular jumlasidandir.

    “Iste'molchilar uyi” ma'muriy kompleksi “Iste'molchi kutubxonasi”, “Iste'molchi qabulxonasi”, “Book cafe” va “IT-Markaz” kabilarni o'z ichiga qamrab oladi.

    Qayd etish joizki, Zamonaviy uslubda qurilgan, o'ziga xos innovatsion echimga ega “Iste'molchi kutubxonasi” fondidan 6 mingdan ortiq kitoblarni o'zida jamlagan qonunlar, iste'molchilik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlar, siyosiy-iqtisodiy qo'llanmalar, ma'rifiy, badiiy, ilmiy ommabop kitoblar, gazeta-jurnallar shuningdek, iste'molchilarning huquqiy savodxonligini mustahkamlash maqsadida Federatsiya hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan 16 turdagi yuridik adabiyotlar turkumi o'rin olgan.

    Mustaqilligimizning 30 yillik tantanalari arafasida Oltinsoy tumanida zamonaviy uslubda qad rostlagan, o'ziga xos innovatsion echimga ega “Iste'molchilar uyi” ma'muriy kompleksining foydalanishga topshirilgani ham tuman ahli uchun ajoyib sovg'a bo'ldi.

    Tadbirda senat a'zolari va hokimlik, viloyat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

    Surxondaryo viloyati hokimi To'ra Bobolov Federatsiyaning bu kabi loyihalari viloyat aholisi iste'molchilik borasidagi huquq va manfaatlarini himoya qilishning asosiy negizi ekanini qayd etib, bu kabi xizmat ko'rsatish ob'ektlari viloyatning har bir tumanida qad rostlashi kerakligini alohida ta'kidladi.

    Shuningdek, “O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan Federatsiyaning Surxondaryo viloyati hududiy birlashmasi bir guruh faol xodimlariga esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.