“Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Paxtaobod tuman elektr taʼminoti korxonasi masʼul shaxslari 2020-2022-yillar va joriy yilning 3 oyi davomida elektr taʼminoti uchun isteʼmolchilardan undirilgan 738 mln soʻmni kirim qilmasdan oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtaobod tuman boʻlimi tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya” Andijon hududiy boʻlimi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida yetkazilgan zararning 315 mln soʻmi undirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.