Mazkur murojaat, Federatsiyaning Oltiariq tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilishi natijasida ko‘cha qaytadan sifatli asfalt qoplama qilib berilishiga erishildi.
Iste'molchi murojaati ijobiy hal qilib berilishi natijasida mahalla ahlining 9 000 000 (to‘qqiz million) so‘mlik huquqlari himoya qilindi.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yashovchi fuqaro D.T.Namozov tomonidan tumandagi "KARVON TEXNO ONLINE" MChJga qarashli maishiy texnikalar savdo do‘konidan qiymati 6 072 000 so‘m (olti million yetmish ikki ming) bo‘lgan 1-dona "Artel" rusumli 50 dyumli rangli televizorni 12 oyda bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olgan, kafolat muddati davomida ushbu televizorning ekran qismida nuqson paydo bo‘lgan, sotuvchiga murojaat qilganda esa, nuqsonli televizorni boshqasiga almashtirib berishdan bosh tortgan. Shundan so‘ng O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 – “Ishonch telefoni”ga murojaat qilishga majbur bo‘lganini aytib o‘tgan.
Murojaat o‘rganilishi natijasida, iste'molchiga qiymati 6 072 000 so‘m bo‘lgan yangi televizor yetkazib berildi. Iste'molchining buzilgan huquqlari tiklandi.