Unda jahonning yuzdan ziyod mamlkatlari vakillari, shu jumladan, O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov boshchiligidagi respublikamiz delegatsiyasi ham faol ishtirok etdi.
Bu yilgi global kongress ishi oldingilaridan mavzularning dolzarbligi va muhimligi bilan ajralib turdi. SHu sababdan ham o'tkazilgan har bir sessiya qizg'in fikr-munozaralarga boy bo'ldi.
Tadbir doirasida tashkil etilgan qator uchrashuv va muzokaralar O'zbekistonning mazkur yo'nalishdagi xalqaro miqyosdagi aloqalari yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.