Isteʼmolchini aldashning yana bir yoʻli yoxud “uy tuxum”lari aslida mavjudmi?

    Qizigʻi shundaki, supermarketda sotilayotgan mazkur tuxumning qadoqlangan tarasida ishlab chiqaruvchi, saralash vaqti, saqlash sanalari haqida hamda “uy tuxumi”ekanligini asoslovchi maʼlumotlar mavjud emas. Toshkent shahar savdo tarmogʻining bunday ayyorona marketing xiylasi isteʼmolchini aldashga olib kelishi tabiiy, albatta.

    Barchamiz uyda boqilgan tovuq tuxumlarini tabiiy mahsulot sifatida qabul qilgan holda xarid qilamiz. Xususan, “uy tuxumi” parrandachilik fermasidan olingan tuxumlarga nisbatan birmuncha xaridorgir. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan olib borilgan oʻrganishlar jarayonida Toshkent shahridagi bitta savdo tarmogʻida odatdagidan qimmatroq boʻlgan “uy tuxumi”ning sotilish holatlari aniqlandi.

    Qizigʻi shundaki, supermarketda sotilayotgan mazkur tuxumning qadoqlangan tarasida ishlab chiqaruvchi, saralash vaqti, saqlash sanalari haqida hamda “uy tuxumi” ekanligini asoslovchi maʼlumotlar mavjud emas. Toshkent shahar savdo tarmogʻining bunday ayyorona marketing xiylasi isteʼmolchini aldashga olib kelishi tabiiy, albatta.

    UY TUXUMLARI” DEGAN TERMIN VA TUSHUNCHANING OʻZI YOʻQ!

    Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) isteʼmolchiga oʻzi realizatsiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida oʻz vaqtida zarur, toʻgʻri va tushunarli maʼlumot berishi shart. (Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun). Amaldagi davlat standarti (OʻR. Oʻz DSt 629:2014) “Oziq-ovqat uchun tovuq tuxumi” (Yaysa kurinыye piщyevыye) boʻyicha: saqlash muddatiga koʻra parxez va oshxona turlariga boʻlinadi. Bundan kelib chiqadiki, davlat standartida “uy tuxumlari” tushunchasi va atamasi mavjud emas.

    Aslida qadogʻida qanday maʼlumotlar boʻlishi kerak:

    Ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan joyi (yuridik manzili);
    – ishlab chiqaruvchining tovar belgisi (agar mavjud boʻlsa);
    – saralash vaqti
    – yaroqlilik muddati va saqlash shartlari;
    – ozuqaviy qiymati;
    – sertifikatlash maʼlumotlari.
    – amaldagi standartning belgilanishi;
    – respublika hududida ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun “OʻZBEKISTONDA ISHLAB CHIQARILGAN”, eksport uchun esa – «MADE IN
    – UZBEKISTAN» degan yozuv.

    Agentlik tomonidan savdo markazi maʼmuriyatiga yuqoridagi holat boʻyicha toʻliq tushuntirish berish, sotilayotgan mahsulotning turi (uy, parxez va oshxona)ni tasdiqlovchi (gigiyenik xulosa, muvofiqlik sertifikati) kabi hujjatlar asosida ishlab chiqarilgan tuxum mahsulotlari haqida toʻliq maʼlumotlarni taqdim etish talabi bilan soʻrov yuborildi.

    Dastlabki oʻrganish natijalariga koʻra, Agentlik “uy tuxumi”ning kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emas, degan taxminga kelgan, sababi savdo tarmogʻi maʼmuriyati ushbu mahsulotlarni chakana savdo nuqtalaridan toʻliq olib qoʻyilganligi toʻgʻrisida maʼlumot berish bilan cheklangan, xolos .

    Agentlik matbuot xizmati