Oʻsha vaqtda yer haydash mavsumi boʻlgani bois, uskunadan tezroq daromad olishni rejalashtirgan fuqaro uni “Damariq” MFYda faoliyat koʻrsatuvchi usta – “YATT Qodirov Dilshod Mahmudovich”ga oʻzaro ogʻzaki kelishuv asosida taʼmirlashga topshiradi va buning uchun oldindan 500 ming soʻm pul beradi.

Uskunani bir haftada taʼmirlashga vaʼda bergan usta haftalar, oylar oʻtsada soʻzining ustidan chiqmaydi. Motokultivatorni olib ketishga kelgan fuqaro uskunasi oʻrnida bir uyum ehtiyot qismlarni koʻradi va bu holat yuzasidan masʼul idoralarga murojaat qilsada hech qanday natijaga erisha olmay sarson-sargardon boʻladi.

Nihoyat N.Primov Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Xatirchi tumani boʻlimiga shikoyat arizasi bilan murojaat qiladi.

Federatsiyaning tuman jamiyati masʼul xodimlari ushbu murojaatni mahalla faollari, ustaxona joylashgan “Bek Sardor Xatirchi” korxonasi rahbariyati ishtirokida oʻrganib, usta D.Qodirovga “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun, isteʼmolchiga savdo va xizmat koʻrsatilishida isteʼmolchining haq-huquqlari boʻyicha aniq tushuntirishlar berildi.

Qonunni va vaziyatni toʻgʻri anglagan usta motokultivatorni yangi ehtiyot qismlar bilan jihozlab, egasiga topshirdi. Shunday qilib fuqaroning 13 million soʻmlik mulki qaytarildi.