2022-yil 24-noyabr kuni soat 00:45 larda “Vodiy-Toshkent” yoʻnalishi boʻylab “Qamchiq” dovonidan oʻtgan avtomobil yoʻlida harakatlanib ketayotgan haydovchi, 2001-yilda tugʻilgan D.J. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomobili YPX xodimlari tomonidan toʻxtatib tekshirilganda tegishli hujjatlari boʻlmagan, chet davlatda ishlab chiqarilgan 101 dona televizor olib ketilayotgani aniqlangan.
Holat tegishli tartibda rasmiylashtirilib, haydovchi va aniqlangan televizorlar Pop tumani DSIga topshirilgan.
Tekshiruvlar davom etmoqda, deyiladi YHXX xabarida.