Uchrashuv davomida Oʻzbekiston va Italiya oʻrtasida taʼlim, ilm-fan sohasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama etildi. Xususan, ikki davlat universitetlari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, oliy taʼlim muassasalari hamkorligida onlayn va oflayn uchrashuvlar, konferensiya, forumlar, mahorat darslari, treninglar oʻtkazish masalalari boʻyicha fikr almashildi.
Bundan tashqari, texnoparklar, startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish lozimligi qayd etildi.
Oʻz navbatida, Italiya universitetlari professor-oʻqituvchilari, ilmiy jamoa va talabalarining Oʻzbekistonga safarlarini tashkil etish, ularni yurtimizning boy ilmiy merosi bilan tanishtirish lozimligi qayd etilib, ushbu taklifni amalga oshirish masalalari muhokama etildi, deb xabar beradi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.