Bu haqda shanba kuni The Daily Mail qutqaruv xizmatlariga tayanib xabar berdi.

Unga ko'ra, bir chang'ichi halok bo'lgan birinchi hodisa Dolomitlardagi Marmolada muzligida sodir bo'lgan. Ayollar o'rtasidagi tog' chang'isi musobaqasiga mezbonlik qilayotgan Kortina-d'Ampetstso shahri yaqin atrofda joylashgan.

Erkaklar o'rtasidagi tog' chang'isi musobaqasiga mezbonlik qilayotgan Bormio shahridan taxminan 65 kilometr uzoqlikda joylashgan Al`bozadja qishlog'i yaqinida chang'i uchish paytida yana ikki kishi halok bo'ldi, deb xabar berdi tass.ru.