BMTning Qochqinlar bo'yicha Oliy komissarligining Italiyadagi vakili Filippo Ungaroning so'zlariga ko'ra, qayiqda 92 – 97 nafargacha odam bo'lgan.
“Omon qolgan 60 kishi Lampeduzadagi markazga olib ketildi”, dedi u.
Xalqaro migratsiya tashkiloti vakili Flavio Di Jakomoning so'zlariga ko'ra, fojia 95 nafarga yaqin muhojir bilan Liviyadan chiqib ketgan ikki qayiqdan biri cho'kib keta boshlaganidan keyin sodir bo'lgan. Barcha odamlar boshqa qayiqqa o'tkazilgan, yuklamaning oshishi tufayli qayiq ag'darilib ketgan.
Muhojirlar dengizda qancha vaqt bo'lgani hozircha noma'lum. Lampeduza meri Filippo Manninoning aytishicha, halokat “ehtimol tongda” yuz bergan. Qutqaruvchilar omon qolganlarni qidirishda davom etmoqda.
Xalqaro migratsiya tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, Shimoliy Afrikadan janubiy Yevropaga migratsiya yo'li dunyodagi eng xavfli yo'llardan biri sanaladi, so'nggi o'n yil ichida O'rta yer dengizini kesib o'tish chog'ida 24,5 mingga yaqin odam halok bo'lgan yoki bedarak yo'qolgan. Halok bo'lganlarning aksariyati Tunis va Liviyadan yo'lga chiqqan kichik qayiqdagi yo'lovchilardir, deb xabar berdi kz.kursiv.media.